Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi


O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar xaqida doimo xabardor bo‘ling.



 
Kunlik abonent to‘lovi
240 so‘m/kun
 
Faollashtirish
*977#
 
30 kunlik xizmati
3990 so‘m/oy
 
Faollashtirish
*321#
 


“Qo'qonim”, “Buyursin”, “Bor”, “TV Bor”, “TV Doimiy”, “Sof”, “Doimiy” va “Katta Doimiy” tizimlaridagi tarif rejalari abonentlari uchun “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati 01.01.2026-y.dan 31.12.2026-y.gacha bo‘lgan davrda bepul asosda taqdim etiladi.

 

“Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmatining 30 kunlik opsiyasi “Sof” hamda “Doimiy” tizimlaridagi tarif rejalarida amal qilmaydi


Narxlar soliqlar bilan ko‘rsatilgan.

"Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmati orqali telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida bo‘lgan vaqtingizda sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan xabardor bo‘lasiz.



Telefoningiz qandaydir vaqt davomida o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lgan bo‘lsa, unda yana tarmoqda paydo bo‘lishingiz bilan siz quyidagi ma‘lumotga ega SMS xabarni olasiz:

  • o’tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarning umumiy soni;
  • har bir raqam bo‘yicha alohida qoldirilgan qo‘ng‘iroqlarning soni;

Ucelldan "Men Aloqadaman" xizmati siz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganda yoki telefoningiz o‘chiq bo‘lganda sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagan abonentlarga siz aloqaga chiqqaningizda bu haqida SMS xabar olish imkoniyatini beradi.

"Men aloqadaman" xizmatidan foydalanish uchun abonentda "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
Mazkur xizmat doirasidagi SMS-xabarlar faqat Ucell abonentlariga jo'natiladi.

Xizmat bepul taqdim etiladi.

Xizmatni yoqish/o’chirish uchun telefoningizda *977# tering va chaqiruv tugmasini boring. So’rovni amalga oshirgandan so’ng siz xizmat menyusiga yo’naltirilasiz va bu yerda o’z xohishingiz bo’yicha o’chirish/yorishingiz, hamda xizmatlardan har birining holatini tekshirishingiz mumkin.

Yodda saqlang!

  • "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi?" xizmati "Ovozli pochta", "Barcha uchun ovozli pochta" va "Dinamik ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi?" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kelish kerak bo‘ladi.

Diqqat! Agar telefonda "Xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida" holatida boshqa raqamga yo’naltirish yoqilgan bo’lsa xizmat ishlamaydi.

“Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi doirasida “Izzatli” maqomidagi abonentlarga “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati 20% chegirma bilan taqdim etiladi. Mazkur xizmatdan *136# USSD-so‘rovi orqali foydalanish mumkin. Batafsil
Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!

30 kunlik “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati “Ovozli pochta”, “Dinamik ovozli pochta”, «Barcha uchun ovozli pochta» va kunlik “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati bilan bir vaqtda ishlamaydi.

Shunday qilib, 30 kunlik “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmatini faollashtirish uchun oldin yuqoridigilarni o‘chirishingiz kerak.

30 kunlik “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati avtomatik uzaytirish funksiyasiga ega emas, shuning uchun, foydalanish muddati tugaganidan so‘ng xizmat o‘chiriladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, bloklangan abonent holatida ham o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar haqida SMS-xabar olish mumkin.
Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi