Boshqarish va qoldiqni tekshirish:
Amal qilish muddati – 14 kun.
Xitoy, Turkiya, BAA, Tailand, Vyetnam, Filippin, Malayziya, Indoneziya*
* Tarmoqlarida MIX to‘plamlari amal qiladigan operatorlar ro‘yxati cheklangan.
Daqiqalar chiquvchi mahalliy qo‘ng‘iroqlar va O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar uchun beriladi
1.To‘plamlarni faollashtirishda, agar abonentda faol rouming xizmati bo‘lmasa, yoki “Chegaradosh mamlakatlarsiz rouming” xizmati faol bo‘lsa, u holda abonentga standart holatda “Dunyo bo‘ylab rouming” xizmati belgilanadi.
2. To‘plamlarni quyidagi kanallar orqali faollashtirish va o‘chirish mumkin:
a. Ucell xizmat ko‘rsatish ofislari;
b. Ucell abonentlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati: 8123 yoki 8111;
c. Ucell mobil ilovasi; d. *155# USSD-so‘rovi.
3. Prepaid tizimi abonentlari hamda Postpaid tizimining Corporate VIP, Individual va Bisinessman toifalaridagi Korporativ mijozlar roumingdagi to‘plamlarni faollashtirish va boshqarish uchun uchun *155# USSD-so‘rovini terishlari lozim.
4. Biznes segmenti mijozlari va abonentlari to‘plamlarni faollashtirish uchun Kompaniyaning biznes segmenti abonentlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak
5. Roumingdagi to‘plamlarning to‘g‘ri ishlashi uchun, agar faollashtirish vaqtida internet-sessiya faol bo‘lsa, sessiyani to‘xtatish, to‘plamni faollashtirish va to‘plam samarali faollashganidan keyin sessiyani davom ettirish lozim.
6. To‘plam belgilanganiga *155# USSD-so‘rovi yordamida yoki Ucell mobil ilovasida ishonch hosil qiling. Agar to‘plam yoqilmagan bo‘lsa, internet va qo‘ng‘iroqlar uchun narxlash roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday hollarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
7. Qo‘ng‘iroqlar limitlari faqat ko‘rsatilgan operatorlar tarmoqlarida amal qiladi. Boshqa operator tarmog‘iga o‘tish holatida, qo‘ng‘iroqlar uchun narxlash roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq amalga oshiriladi.
8. To‘plamlar ulanish vaqtidan boshlab 14 kunga, avtouzaytirishsiz belgilanadi. Muddat tugagach, MB va daqiqalar qoldig‘i bekor qilinadi.
9. To‘plam faol bo‘lganida, limitdan tashqari internet bloklanadi. Limitdan tashqari internetni blokdan chiqarish uchun roumingdagi internet-to‘plamni o‘chirish kerak bo‘ladi.
10. To‘plam o‘chirilganida, keyin internet va qo‘ng‘iroqlar uchun narxlash roumingdagi hududiy narxlashga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Agar abonentda “Xalqaro Avtomatik Rouming” (XAR) xizmati faol bo‘lsa, to‘plamni faollashtirib bo‘lmaydi.
12. To‘plamni faollashtirganda, agar abonentda roumingdagi internet-to‘plamlar, roumingda cheksiz internet yoki “Har doim aloqada” to‘plami, shuningdek, mazkur oiladan biror to‘plam faol bo‘lsa, bu to‘plamlar o‘chiriladi, xizmatlar/to‘plamlar doirasidagi limitlar bekor bo‘ladi.
13. To‘plamlar Postpaid va Prepaid tizimlarining quyidagi tarif rejalarida amal qilmaydi: M2M tariflar tizimi, “Turist”, “Gigaman” va “Gigaman BN”, “Mib S”.
14. To‘plamlarni faqat abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lgan holatdagina faollashtirish mumkin.
15. Barcha abonentlar uchun roumingdagi internet-to‘plamlar doirasida MB mavjud bo‘lganda narxlanuvchi ma’lumotlar kvotasi – 16 KB.
16. Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Xitoy, Turkiya, BAA, Tailand, Vyetnam, Filippin, Malayziya,Indoneziya uchun to‘plamlar.
| Mamlakatlar | Operatorlar |
| Vyetnam | Viettel, Mobifone |
| Xitoy* | China Mobile, China Unicom, China Telecom |
| Malayziya | Maxis, Digi |
| BAA | DU |
| Tailand | AWN (AIS), True Move, dtac. |
| Turkiya | Turkcell, Vodafone, TT Mobil |
| Filippin | Smart, Globe |
| Indoneziya | Telkomsel, Ooredoo |
*Xitoy Xalq Respublikasi hududida 2G/3G tarmog‘i qamrovi barqaror bo‘lmasligi mumkin, bu esa ovozli qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar sifatigа ta’sir ko‘rsatishi mumkin.