Bloklanish shartlari!

 

 

Mijoz hisobida Kompaniya tomonidan o‘rnatilgan ma’lum miqdordagi mablag‘dan kam qolgan holatda xizmat ko‘rsatishga cheklov o‘rnatiladi.

Postpaid tizimidagi yuridik va jismoniy shaxslarning (matnda keyingi o‘rinlarda – Mijoz) shaxsiy hisobidagi mablag‘ qoldig‘i nolga tushganda va/yoki balans manfiy holatda bo‘lganda, Mijozning abonent raqami bloklanadi.

Bloklangan holatda bo‘lishning maksimal muddati 366 kunni tashkil etadi.

 

Bloklangan holatda:

• Bloklangan holatga o‘tgandan so‘ng, keyingi 30 kun mobaynida bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar, IVR xizmatiga qo‘ng‘iroqlar, favqulodda chaqiruv va xizmat ko‘rsatish raqamlariga qo‘ng‘iroqlar amal qiladi, shuningdek hisobni to‘ldirish imkoni mavjud;

• Agar Bloklangan holatga o‘tgandan so‘ng 30 kun mobaynida Mijozning shaxsiy hisobi to‘ldirilmasa, 31-kundan boshlab xizmat ko‘rsatish raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi SMS-xabarlardan tashqari barcha qo‘ng‘iroqlar bloklanadi;

• Agar Bloklangan holatda bo‘lish muddati (366 kun) davomida Mijoz shaxsiy hisobi to‘ldirilmasa, bu holatda Shartnoma bekor qilinadi va abonent raqami Kompaniya ixtiyoridagi bo‘sh raqamlar ro‘yxatiga o‘tadi;

• Shartnoma bekor qilinganidan so‘ng, Tomonlar o‘z majburiyatlariga muvofiq o‘zaro hisob-kitob ishlarini amalga oshirishlari lozim;

• “O‘zgacha raqam” xizmati bo‘yicha ulangan abonent raqamlari uchun bu yerda ko‘rsatilgan shartlar amal qiladi.

 

Kompaniya xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilgan hollarda cheklov:

• Postpaid tizimida uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy oferta 4.1.1., 4.1.2., 4.1.3. (а, b, c, d, e, f, g, h ), 4.1.4. (а, b) va 6.3 bandlariga muvofiq, Kompaniya Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish yoki Bloklangan holatda bo‘lishning maksimal muddati (366 kun) tugaguniga qadar to‘xtatib turish huquqiga ega.

• Mijoz bloklangan abonent raqamlarini qayta tiklash uchun, bloklangan vaqtdan e’tiboran 30 kun ichida:

o Jismoniy shaxs – shaxsini tasdiqlovchi hujjat va bloklangan raqam SIM-kartasi bilan Kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi;

o Yuridik shaxs – Kompaniya manziliga yozma ravishda murojaat yo’llashi lozim.

• Agar raqam statsionar tarmoqqa va IP-telefoniya tarmoqlariga shlyuzlar o‘rnatish uchun, kompyuter tizimiga, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish huquqini olish uchun maxsus vositalarni sotish yoki tarqatish maqsadida ishlab chiqarish, o‘rnatilgan himoya tizimlarini aylanib o‘tib xalqaro trafikdan foydalanish va uni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish, shuningdek, ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarining ishlashi uchun sharoitlar yaratish va ularni saqlash hamda Kompaniya jihozlarining yoki aloqa qurilmalarining ish qobiliyati buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar uchun ishlatilgan bo‘lsa, u holda bu abonent raqami blokdan chiqarilmaydi. Bloklanganidan keyin 30 kun o‘tgach, mazkur raqam tarmoqdan o‘chiriladi, Shartnoma esa Kompaniya tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.

• Agar abonent raqami lotereyalar, ovoz berishlar, tanlovlar, reklama, so‘rovnomalar, ommaviy tarqatmalar o‘tkazilganligi sabab bloklangan bo‘lsa, u holda Mijoz raqamini blokdan chiqarishni so‘rab va bundan keyin raqamdan mazkur maqsadlarda foydalanmasligini ko‘rsatib, Kompaniyaga ariza berishi kerak. Kompaniya shartnomaga muvofiq, raqamni blokdan chiqarishni rad etish va bloklangan vaqtdan keyin 30 kun o‘tgach ushbu abonent raqamini bir tomonlama tartibda tarmoqdan o‘chirish huquqiga ega.

Prepaid tizimidagi “Maqsad” tariflar tizimida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lishining maksimal muddati – 366 kun.

Chiroyli raqam ulatganda – 30 kun. (Muddatli to‘lovga chiroyli raqam, Istalgan raqam)

Hisobdagi pul miqdori 0 so‘mgacha pasayganida yoki tarif rejasi shartlariga ko‘ra tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilishi paytida hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lmaganida abonent raqami bloklanadi.

Bloklangan holatda:

- Aloqa xizmatlaridan foydalanish, tarif rejasini almashtirish, qo‘shimcha pullik xizmatlar foydalanish imkoni yo‘q;

- Bloklangan holatga o‘tgandan keyingi 90 kungacha bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar, IVR xizmatiga qo‘ng‘iroqlar, favqulodda chaqiruv raqamlariga va xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, hisobni to‘ldirish imkoni mavjud (agar muayyan tarif rejasi doirasida qo‘shimcha taqiqlar bo‘lmasa).

Agar bloklash paytidan keyingi 90 kun mobaynida Mijoz hisobi to‘ldirilmasa, 91-kundan boshlab IVR xizmatiga qo‘ng‘iroqlar, favqulodda chaqiruv raqamlariga va xizmat raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlardan tashqari barcha qo‘ng‘iroqlar bloklanadi. Har qanday SMS-xabarlarni qabul qilish imkoniyati saqlanib qoladi.

Agar Bloklangan holatda bo‘lish muddati tugagunga qadar abonent o‘z hisobini to‘ldirmasa, Shartnoma bekor qilinadi va telefon raqami Kompaniya ixtiyoridagi bo‘sh raqamlar ro‘yxatiga o‘tadi.

 

Axborot-ma’lumot xizmati

Eslatma: 8111 raqamiga faqat Ucell abonentlari va faqat mobil telefondan qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Boshqa uyali aloqa operatorlarining raqamlaridan, shuningdek shahar raqamlaridan – +998 (93)184-09-00.

Ushbu xizmat orqali quyidagi ma‘lumotlarni olishingiz mumkin:

• kompaniya ofislari va agentlik punktlarining manzillari;

• kompaniya tarmog‘i holati;

• korporativ xizmat ko‘rsatish;

• kompaniyamizda o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar.

 

Tavsiya

Kompaniya qo‘shimcha xizmatlarni soat 05:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan davrda faollashtirish/o‘chirishni tavsiya qiladi.

Ushbu tavsiya ishlab chiqarish zarurati tufayli xizmat ko‘rsatish uskunalarida ishlar olib borilishi ehtimoli bilan bog‘liq.

Mazkur ishlarning olib borilishi davomida qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish/o‘chirish imkoni mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun: , , va USSD-so‘rovlari. Taqdim etilgan limitlar qoldig‘i haqidagi aniq ma’lumotlarni bilish uchun USSD-so‘rovni faqatgina barcha faolliklarni (qo‘ng‘iroqlar, internet, SMS) tugatgach jo‘nating.