Endlikda bir-ikkita harakat bilan Ucell abonentiga aylanish mumkin — ofisga bormasdan, navbatlar va qog‘ozbozliksiz. Barchasi onlayn — va biryo‘la bonus bilan: 100 GB internet + balansga 15 000 so‘m! Qayerda bo‘lsangiz ham, istalgan qulay vaqtda — smartfon va internet bo‘lsa kifoya!
Siz o‘zingiz raqam va tarifni tanlaysiz hamda SIM-karta yoki eSIMni ilova orqali faollashtirasiz va bir lahzadayoq aksiya bonusini olasiz!
Bu nega qulay?
— Ofisga bormasdan — bari onlayn;
— Tez — ro‘yxatdan o‘tish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi;
— Manfaatli — faollashtirishda 100 GB + balansga 15 000 so‘m sovg‘a!
— To‘liq nazorat — raqam va tarifni o‘zingiz tanlaysiz;
— Xavfsiz — barcha ma’lumotlar himoyalangan.
“SIM-kartani mustaqil rasmiylashtirish” nima?
Bu – raqamni mustaqil rasmiylashtirish uchun qulay to‘plam bo‘lib, uni Ucell hamkorlaridan xarid qilish yoki yetkazib berishni buyurtma qilish mumkin.
To‘plamga quyidagilar kiradi:
— Universal formatdagi SIM-karta;
— SIM-kartani telefonga o‘rnatish uchun kalit-ilgak;
Qanday ulaniladi?
1. SIM-karta to‘plamini hamkorlardan xarid qiling;
2. Ucell mobil ilovasini yuklab oling;
3. Sodda qadam-baqadam yo‘riqnomaga amal qiling.
Agar telefoningiz eSIMni qo‘llab-quvvatlasa! eSIMni faollashtirish — yanada oson!
eSIM — bu elektron SIM-karta. Ya’ni, bu ham xuddi oddiysi kabi SIM-karta, faqat uni telefonga qo‘l bilan joylash shart emas. U smartfonning o‘zigayoq o‘rnatilgan bo‘ladi — xuddi dastur singari.
Ulanish jarayoni juda sodda:
Siz uchun moddiy SIM-karta to‘plamini xarid qilish zarurati yo‘q. Mobil ilovada “eSIMni faollashtirish” bandini tanlang va yo‘riqnomaga amal qiling. Elektron SIM-karta allaqachon telefoningizda mavjud, uni darhol ishlatish mumkin!
Siz eSIMni o‘zingiz ro‘yxatdan o‘tgan o‘sha qurilmaning o‘zida ham, yoki keyinroq — istalgan boshqa birida ham o‘rnata olasiz.
Balansga 15 000 so‘mlik bonus eSIMni faollashtirishga tatbiq etilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun nimalar talab etiladi:
— Kamera va internetli smartfon yoki planshet;
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi;
— UzCard yoki Humo bank kartasi.
Hoziroq Ucell abonentiga aylaning — oson, qulay va bonus bilan! Ilovani yuklab oling, SIM-karta yoki eSIMni faollashtiring hamda sifatli uyali aloqadan cheklovlarsiz bahra oling.
Aksiya 2025-yil 17 sentyabrdan amal qiladi
Ucell – 2024-yilga oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlar tahlili natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi*.
*Ookla® kompaniyasi tomonidan 2024-yil uchun Speedtest Intelligence® maʼlumotlari tahliliga asoslangan. Ookla savdo belgilari litsenziya asosida qo‘llaniladi va muallifning ruxsati bilan qayta nashr etiladi.
