“SIM-kartani mustaqil rasmiylashtirish”
SIM-karta konvertini hamkorlarimizdan xarid qilish mumkin:
*Ishonch do'konlari (faqat Farg'ona shahrida)
SIM-kartalar yetkazib berilishi quyidagi hamkorlarimizda yo‘lga qo‘yilgan:
- Universal SIM-karta;
- mobil qurilmangizdagi SIM-karta slotini ochish uchun kalit-ilgak;
- SIM-kartani faollashtirish yo’riqnomasi;
- yaxshi kayfiyat uchun kompaniyadan stikerlar to’plami.
- yangi telefon raqamingizni tanlashingiz mumkin (shu jumladan «chiroyli raqam» toifasidan);
- qulay tarif rejasini tanlashingiz mumkin;
- yangi SIM-kartangizni faollashtirib undan foydalanishni boshlash uchun balansingizni to’ldirishingiz mumkin.
- fotokamera va internetga kirish imkoniga ega bo’lgan iOS yoki Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfon yoki planshet;
- o’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi
- tanlangan aloqa xizmatlariga to’lovni amalga oshirish uchun UzCard yoki Humo bank kartasi.
Yangi telefon raqamingiz qanday bo’lishi – Sizning qaroringiz:
- sIM-kartani faollashtirayotganda Siz mustaqil ravishda raqam tanlashingiz mumkin;
- siz bepul raqamni yoki qo’shimcha to’lovga “chiroyli raqam” tanlashingiz mumkin: pullik toifadagi raqamlarning qiymati ulanish qiymatiga bir martalik qo’shimcha to’lov hisoblanadi va Ucell tarmog’iga ulanishda tanlangan raqam toifasiga muvofiq to’liq to’lanishi kerak;
- “istalgan raqam” xizmatidan foydalangan holda “chiroyli raqamlar”ning alohida toifalaridan raqam xarid qilish mumkin;
- “chiroyli raqamlar” bir nechta narx toifalariga ajratilgan, har bir alohida raqamni rasmiylashtirish shartlari Ucell ilovasida raqamni tanlash bosqichida taqdim etiladi.
SIM-kartani faollashtirishda Siz mustaqil ravishda tarif rejasini tanlashingiz, uning shartlari bilan tanishib chiqishingiz, va tanlangan ma’lumotlarni to’g’riligiga ishonch hosil qilib, faollashtirishingiz mumkin!
SIM-kartani faollashtirayotganingizda, 15000 so’m ulanish to’plamining qiymati abonent raqamining hisobiga avans to’lovi tariqasida o’tkaziladi.
Ucell mobil ilovasi iOS 15.0 va undan yuqori va Android 6.0 va undan yuqori versiyalarda mavjud