Ucell 30 yilligi munosabati bilan mobil ilovada ikkita yubiley faolligini ishga tushirmoqda. Birinchisi Ucell bilan o‘tgan shaxsiy yilingiz yakunlarini ko‘rsatadi, ikkinchisi esa sizni kompaniya bilan bog‘laydigan hikoyangizni ulashish imkonini beradi.
«Ucell bilan mening hikoyam»
Har bir abonentning Ucell bilan bog‘liq o‘ziga xos xotiralari bor: ilk qo‘ng‘iroq, muhim xabar, tanishuv, sayohat yoki uzoq vaqt yodda qolgan voqea.
O‘z hikoyangizni Ucell mobil ilovasida so‘zlab bering. Har bir bosqich ishtirokchilari orasidan 1 nafar g‘olib aniqlanadi va u iPhone 17 Pro sovrinini qo‘lga kiritadi.
1-BOSQICH18-avgust – 17-sentabr |
2-BOSQICH18-sentabr – 17-oktabr |
3-BOSQICH18-oktabr – 17-noyabr |
| Sovrin: iPhone 17 Pro | Sovrin: iPhone 17 Pro | Sovrin: iPhone 17 Pro |
3 bosqich = 3 g‘olib = 3 ta iPhone 17 Pro
Hikoya faqat yuborilgan bosqichda ishtirok etadi.
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Moderatsiyadan o‘tgan hikoyalar Ucell tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. G‘oliblarni tanlashda hikoyaning o‘ziga xosligi, hissiy ta’siri va Ucell bilan bog‘liqligi inobatga olinadi.
«Ucell bilan yil yakunlari»
Agar siz Ucell xizmatlaridan kamida uch oy davomida foydalanayotgan bo‘lsangiz, mobil ilovada siz uchun shaxsiy «Ucell bilan yil yakunlari» mavjud bo‘ladi.
Yil davomidagi statistikangizni ko‘ring va Ucell bilan qancha muloqot, internet va muhim lahzalar bo‘lganini eslang.
Ucell bilan yil yakunlariUcell xizmatlaridan 3 oy va undan ortiq foydalanayotgan abonentlar uchun mavjud. |
Ucell bilan mening hikoyamShaxsiy yil yakunlari mavjud bo‘lmasa ham, barcha abonentlar ishtirok etishi mumkin. |
Ucell mobil ilovasining 2.19 versiyasida mavjudYangilanishning mavjud bo‘lish muddati operatsion tizimga bog‘liq va 5 kungacha davom etishi mumkin. |
|