Qo‘shimcha ma’lumot





Hisobdagi pul miqdori 0 so'mga teng bo‘lganida abonent raqami blokirovka qilinadi.

Raqamning bloklangan holatda bo‘lishning maksimal muddati:

  • “Bor”, “TV Bor”, “Doimiy”, “Katta Doimiy”, “TV Doimiy”, “Sof”, “Special”, “Special BN”, “Uydagi”, “Kayfiyat”, “COSMO”, “Tantana” tizimlari tarif rejalarida, barcha “Foydali”, “Ovoz”, “Start” tariflarida, shuningdek “Internet 60”, “Buyursin”, “Qo‘qonim”, “Yangi yil”, “Student”, “Ko‘proq!”, “Marhamat”, “Oddiy”, “Ehtirom” tarif rejalarida – 365 kun;
  • Chiroyli raqam ulatishda – 30 kun (Muddatli to‘lovga chiroyli raqam, Istalgan raqam);
  • Norezident abonentlarning ( JShShIR mavjud bo‘lmasa) bloklangan holatda bo‘lishning maksimal muddati 30 kunni tashkil etadi.

 

Sizga shuni ma’lum qilamizki, abonent tomonidan Kompaniyaning pullik xizmatlari va to‘plamlaridan foydalanilishi, shuningdek abonent to‘lovi yechilishi tufayli balansdagi mablag‘lar qoldig‘i 4000 so‘m va 500 so‘m miqdorga tushganida, kunning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar, unga balansining (abonent raqami shaxsiy hisobining) holati haqidagi SMS-xabarlar tizim tomonidan avtomatik tarzda jo‘natiladi. Tungi vaqtda kiruvchi xabarlar bezovta qilmasligi uchun, telefoningizda ovozsiz rejimni o‘rnatib yoki signal tovushini pasaytirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

 

Muhim:

 

«SIM-kartalar noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatilishining oldini olish uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2026-yil 6-yanvardagi 287-mx sonli qarori bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda 3762 raqami bilan ro‘yxatga olingan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining 299, 323 va 325-bandlariga muvofiq, agar abonentda allaqachon beshta yoki undan ortiq faol raqam mavjud bo‘lsa yoki u ushbu sondan ortiq yangi raqam ulatishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, raqamni ulash faqat operatorning o‘z ofislarida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bitta abonent nomiga ruxsat etilgan maksimal faol raqamlar soni 10 tadan oshmasligi kerak.»