Ucell 2024-yilning 3 va 4-choraklarida mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchiligini tasdiqlaydi (avvalroq Ucell 2024-yilning 1 va 2-choraklarida internet tezligi bo‘yicha yetakchi deb tan olingan edi) va shu tariqa, 2024-yilda mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchiga aylandi.
“Eng tezkor mobil tarmoq uchun Speedtest Award mukofotini 2024-yil davomida ketma-ket ikki marta egallash – bu misli ko‘rilmagan yutuq, – ta’kidlaydi Ziff Davis bo‘linmasi Ookla prezidenti va bosh direktori Stiven Bay. – Bu tarmoqning haqiqiy sifati bo‘yicha yutuqlar cho‘qqisini ifodalovchi nufuzli mukofot bo‘lib, O‘zbekistonda eng tezkor mobil tarmoqni taqdim etish borasidagi Ucellning doimiy intilishlarini isbotlaydi. Ucell faoliyatining ketma-ket yuksak ko‘rsatkichlari mazkur sohada yuqori sifat standartlarini belgilab beradi, bu yo‘lning bir qismi bo‘lish biz uchun sharafdir”.
Ookla® kompaniyasi — keng polosali tarmoqlar maʼlumotlarini tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lib, u O‘zbekistondagi eng tezkor internetni aniqlash maqsadida Speedtest® ilovasida joriy etilgan 500 mingdan ortiq test natijalarini taqqosladi. Ookla® kompaniyasi taqdim etgan natijalar Ucellning ushbu reytingdagi yetakchi mavqeyini so‘zsiz tasdiqlaydi.
Speedtest® baholash metodologiyasi ilovaning rasmiy saytida batafsil tavsiflangan, bu esa natijalarning ishonchli va to‘g‘riligini ta’kidlaydi. Tadqiqot natijalari haqida batafsil: https://www.speedtest.net/awards/uzbekistan/
Mazkur mukofot shuni tasdiqlaydiki, aloqa sifatining yuksak standartlariga rioya qilish Ucell uchun eng yuqori ustuvorlikka ega. Kompaniya abonentlarimiz xalqaro darajadagi xizmatni olishlari uchun tarmoqni rivojlantirishga faol sarmoya kiritishda davom etmoqda.
Bugunoq Ucellga qo‘shiling va aloqaning bksak sifatiga baho bering!
Ookla® tomonidan 2024-yilning 3–4-choraklari uchun Speedtest Intelligence® maʼlumotlari tahliliga asoslangan. Ookla savdo belgilari litsenziya asosida qo‘llaniladi va muallifning ruxsati bilan qayta nashr etiladi.
