Mening roumingim

 

50 000 so‘m sarflaysiz = 1 GB olasiz. Hammasi oddiy!

 

Mening roumingim

1 GB

Xizmat narxi

Bepul

 

Xizmat sinov rejimida ishlamoqda. Belgilangan to‘plam qoldig‘ini tekshirish: *155# yoki Ucell mobil ilovasida. Amal qilish muddati – roumingda internetdan birinchi foydalanish vaqtidan boshlab 24 soat.

1. “Mening roumingim” xizmati roumingdagi internet uchun xarajatlaringiz 50 000 UZSlik chegaraga yetganida sizga roumingda 1 GB internet taqdim etadi.

2. Xizmat har kuni quyidagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan operatorlar tarmog‘idagi roumingda internet-trafikdan birinchi foydalanish vaqtidan 24 soatga avtomatik faollashadi.

3. Internet uchun xarajatlaringiz 50 000 UZSga yetganida, siz “Mening roumingim” xizmatining muddati oxirigacha 1 GBlik bepul internet to‘plami olasiz.

4. To‘plam (1 GB) doirasidagi  limit jamlanmaydi va “Mening roumingim” xizmatining amal qilish muddati tugashi bilan kuyib ketadi.

5. Xizmat muddati roumingda internetdan foydalanishga ilk urinishdan 24 soatgacha qilib o‘rnatiladi. Masalan,

- Siz soat 9:00 da (GT+5) roumingdagi internetdan foydalana boshladingiz;

- Soat 13:00 da (GT+5) siz internetga 50 000 UZSlik chegaragacha mablag‘ sarfladingiz;

- Soat 13:00 da (GT+5) sizga 1 GBlik internet-to‘plam belgilanadi, u keyingi kun soat 9:00 gacha (GT+5) amal qiladi.

6. Xizmat faqat faol “Mening roumingim” xizmatining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, internetdan foydalanishga urinishda 24 soat davomida bir marta belgilanadi.

7. 50 000 UZSlik chegaraga faqat internet xarajatlari kiradi. Boshqa xizmatlarga sarflangan xarajatlar hisobga olinmaydi va haqi alohida to‘lanadi.

8. Agar sizda “Dunyo bo‘ylab internet-to‘plamlar” va “Qo‘shni mamlakatlarda internet-to‘plamlar” kabi roumingdagi internet-to‘plamlar, “Cheksiz internet 2.0”, “Roumingdagi M2M-to‘plamlar” xizmatlari, “Doimo aloqada” to‘plami, “Turkiya ta’tillari” xizmati doirasidagi to‘plamlar, shuningdek turli mamlakatlar uchun MIX-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, xizmat standart holatga ko‘ra faollashadi, ammo internetga sarflangan xarajat hisoblanmaydi.

9. Ajratilgan 1 GBlik limit tugaganidan so‘ng, internet roumingdagi hududiy narxlash shartlariga muvofiq narxlanadi.

10. Internet-to‘plam doirasida MBlar mavjud bo‘lganida narxlanuvchi trafik kvotasi 1 KBni tashkil etadi.

11. Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Xizmat amal qiladigan mamlakatlar va operatorlar:

Davlatlar

Operatorlar

Gonkong

HKT

Vyetnam

MOBIFONE, Viettel

Indoneziya

Indosat Ooredoo, Telkomsel

Koreya

KT, SK Telecom

Makao

CTM

Malayziya

Maxis, Digi 

Oman

Ooredoo, Omantel

Pokiston

Telenor

Singapur

M1, Starhub, Singtel

Tayvan

Chunghwa

Filippin

Globe, Smart

Shri Lanka

Hutchison, Mobitel 

Yaponiya

SoftBank