SIM-kartani almashtirish

 


 Agar siz SIM-kartangizni yo‘qotgan yoki kartangiz PIN kod raqamlarini unutgan bo‘lsangiz, telefoningizni blokdan chiqarish uchun Ucell SIM-kartangizni almashtirib beradi. Bunda quyidagi shaxringizda joylashgan Ucell ofisiga murojaat qiling. Bunday holatda avvalgi raqamingiz va sizning qo‘shimcha xizmatlaringiz o‘zgarishsiz saqlanib qoladi.

 

Xizmat narxi QQS bilan

25 000 so‘m.

 

Agar siz Postpaid tizimi abonenti bo‘lsangiz, SIM-kartangizni yo‘qotgan, bu haqda darhol kompaniyaning Axborot-Ma’lumot Xizmati raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (+998 93)180-0000, 181-0000. bizning mutahassislarimiz sizning SIM-kartangizni darhol bloklab qo‘yadilar, bunda hech kim sizning hisobingizdan foydalanib qo‘ng‘iroqni amalga oshirolmaydi.

Agar siz SIM-kartangizni yo‘qotgan, PIN/PUK-kodni noto‘g‘ri kiritib SIM-kartani bloklab qo‘ygan, eSIM QR-kodini 10 marta faollashtirgan, eSIM profili QR-kodi tushirilgan blankni yo‘qotib yoki ishdan chiqarib qo‘ygan bo‘lsangiz, Ucell «SIM-kartani almashtirish» xizmatini taqdim etadi. Buning uchun shahringizda joylashgan Ucell ofisiga murojaat qilishingiz lozim. Bunday holatda avvalgi raqamingiz va siz unda foydalanayotgan Kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlari o‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Kontaktlar yangi SIM-kartaga ko‘chirib o‘tkazilmaydi.

«SIM-kartani almashtirish» xizmati pullik asosda amalga oshiriladi.

 

Xizmatdan foydalanish uchun, Siz Kompaniyaning istalgan bir savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga shaxsan murojaat etishingiz hamda quyidagilarni taqdim etgan holda ushbu usullardan biri orqali identifikatsiya jarayonidan o‘tishingiz lozim:

 

1. Amal qilish muddati tugamagan, Sizning shaxsingizni, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligingizni tasdiqlovchi quyida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining asli:

 

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsion ID-kartasi;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

• chet el fuqarosining pasporti;

• ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma;

• akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);

• chet el fuqarosining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti;

• talabalik guvohnomasi;

• harbiy guvohnoma;

• pensioner guvohnomasi;

• davlat korxonalari, tashkilot va muassasalari xodimlari guvohnomasi;

• Ma’lumotnoma №9 shakl – pasport yo‘qotilganda ichki ishlar idoralari tomonidan berilgan fotosuratli ma’lumotnoma, ort tarafida vaqtinchalik yoki doimiy propiska shtampi qo‘yilgan bo‘lsihi kerak. Ma’lumotnoma olti oygacha muddat bilan beriladi.

 

2. MyGov ilovasidagi Face ID tizimi orqali majburiy biometrik identifikatsiyadan o‘tgan Sizning profilingizga yuklangan, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning elektron versiyasi.

 

3. Kompaniya xodimi skanerlashi uchun MyGov ilovasidagi Face ID tizimi orqali majburiy biometrik identifikatsiyadan o‘tgan Sizning profilingizda yaratilgan QR-kod.