Ucell mobil ilovasini yuklab oling
"U-to‘lov" to‘lov vositasi
"U-to‘lov" – bu Ucell abonentlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, UZCARD, HUMO, Online-karta yordamida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay to‘lov vositasidir!
Tegishli buyruqni jo‘natib, “Bog‘lash” bo‘limiga o‘ting.
Oldin karta raqamini, keyin amal qilish muddatini ko‘rsatgan holda.
Tasdiqlash kodi telefon raqamingizga SMS-xabar ko‘rinishida jo‘natiladi.
tering, ochilgan menyuda “Sozlamalar” bo‘limiga o‘ting va PIN-kod yarating.
To‘lov vositasining o‘ziga xosliklari:
Xizmatni USSD-so‘rovi yordamida boshqarish mumkin;
Xizmatdan Ucell abonentlari foyfalanishi mumkin;
Bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lashdan avval "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilishi shart;
Jismoniy shaxs bo‘lgan Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari o‘zlarining hisoblarini, shuningdek, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi boshqa abonentlarning hisoblarini 500 dan 500 000 USZgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
Yuridik shaxs bo‘lgan Postpaid tizimi abonentlari esa, Prepaid va Postpaid tizimlaridagi jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlarning hisoblarini 500 dan 500 000 UZSgacha miqdorda to‘ldira oladilar;
Prepaid va Postpaid tizimlarining barcha abonentlari boshqa operatorlarning to‘lov ruxsat etilgan abonentlari hisoblarini, shuningdek, Internet-provayderlar foydalanuvchilarining shaxsiy hisoblarini to‘ldira oladilar.
Haqi oldindan (Prepaid) va keyin (Postpaid) to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimlarining abonentlari hisobini to‘ldirish imkoni mavjud bo‘lgan boshqa mobil operatorlar abonentlarining hisoblarini to‘ldirishlari hamda mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlarga to‘lov o‘tkazishlari mumkin.
Haqi oldindan (Prepaid) va keyin (Postpaid) to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimlarining barcha abonentlari jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari orasida pul mablag‘i o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.
Tez-tez beriluvchi savollar