Agar do‘stingiz hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, unga yordam tariqasida kerakli mablag‘ni o‘zingizning hisobingizdan uning hisobiga o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, aloqa xizmatlariga to‘lov o‘tkazish imkoningiz bo‘lmasa, do‘stingiz siz uchun hisobingizga mablag‘ o‘tkazishini so‘rashingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun:
*650#
Xizmatdan foydalanish uchun:
168.4 UZS bitta muvaffaqiyatli pul o‘tkazishning narxi (mablag‘ pul o‘tkazuvchi- abonent hisobidan ushlab qolinadi).
*650# qisqa raqamini tering va USSD-menyudagi kerakli bandni tanlang:
Sizning hisobingizni to‘ldirish uchun so‘rov
Do‘stingizning hisobini to‘ldirish
Xizmat haqida ma’lumot
Yoki to'g'ridan-to'g'ri terish bilan foydalaning:
Do‘stingizdan sizning hisobingizni to‘ldirishini so‘rash:
Quyidagi USSD so‘rovini yo‘llang:9989Y(kompaniya abonenti raqami)*UZS so‘mda o‘tkaziladigan mablag‘ miqdori (so‘rov yo‘llash narxi=0 so‘m); masalan 4210 so‘m yuborishni so’rash uchun: *123*9989YXXXXXXX*4210#.
Mablag‘ o‘tkazilishini tasdiqlash uchun qabul qiluvchi abonent 3333 raqamidan keladigan o‘tkazma haqidagi SMS-xabarga javob berishi kerak: tasdiq etish uchun "1", inkor etish uchun "0" yoki javobsiz qoldirish lozim;
Do‘stingizning hisobiga mablag‘ o‘tkazish:
Quyidagi matnli USSD so‘rovini yo‘llang: 9989Y(kompaniya abonenti raqami)*UZS so‘mda o‘tkaziladigan mablag‘ miqdori (bitta muvaffaqiyatli pul o‘tkazishning narxi = 168.4 so‘m; mablag‘ pul o‘tkazuvchi-abonent hisobidan ushlab qolinadi); masalan 4210 so‘m yuborish uchun: *122*9989YXXXXXXX*4210#. Ekraningizda quyidagi xabar paydo bo‘ladi:
Siz haqiqatdan ham { o‘tkazma miqdori } UZS { Siz pul o‘tkazayotgan abonent raqami } raqamiga o‘tkazmoqchimisiz? Ha
Yo‘q
Siz do‘stingizga pul o‘tkazmoqchi ekanligingizni tasdiqlashingiz kerak xolos va shundan keyin so‘rov ko‘rib chiqishga yuboriladi.
Mablag‘ qabul qilinganligini tasdiq etish uchun abonent 4444 raqamidan kelgan o‘tkazma haqidagi SMS-xabarga javob berishi kerak: tasdiq etish uchun "1", inkor etish uchun "0" yoki javobsiz qoldirish lozim.
3333 (Mablag‘ o‘tkazilishini tasdiqlash) va 4444 (Mablag‘ qabul qilinganligini tasdiqlash) raqamlariga chiqish SMS narxi: 0 so‘m
Mobil o’tkazmani faqat faol holatda amalga oshirish mumkin.
Mobil o’tkazmani ham faol, ham blok holatda qabul qilish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot