"U-to‘lov" to‘lov vositasi
"U-to‘lov" – bu Ucell abonentlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, UZCARD, HUMO, Online-karta yordamida elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay to‘lov vositasidir!
Tez-tez beriluvchi savollar
U-to‘lov xizmatidan foydalanish uchun, faollashtirilayotgan bank plastik UZCARD yoki HUMO kartasida mazkur xizmat ulanishi rejalashtirilgan abonent raqamiga "SMS-xabarnoma" xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim.
Siz o‘z profilingizda 6 tagacha bank plastik kartasini faollashtirishingiz mumkin.
Siz jismoniy shaxs bo‘lgan, Prepaid yoki Postpaid tizimidagi istalgan Ucell abonentining hisobini 500 dan 500 000 UZSgacha, shuningdek, to‘lash mumkin bo‘lgan boshqa mobil operatorlarning abonentlari hisoblarini to‘ldirishingiz hamda mumkin bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchilar xizmatlari haqlarini to‘lashingiz mumkin.
Pul mablag‘i o‘tkazmasini amalga oshirish uchun:
O‘tkazmani qo‘llab-quvvatlovchi banklar ro‘yxatini, shuningdek, o‘tkazma shartlarini “Kartadan kartaga o‘tkazma” varaqasida ko‘rishingiz mumkin.
PIN-kodni to‘lovlar o‘tkazishni himoyalash uchun o‘rnatish lozim. Siz o‘z xohishingizga ko‘ra istalgan beshta raqamli PIN-kod o‘rnatishingiz mumkin. PIN-kod o‘rnatilganidan keyin to‘lov vositasining barcha funksiyalaridan foydalana olasiz. Eslatma: O‘z PIN-kodingizni begona shaxslarga bermang.
Buning uchun "Sozlamalar" menyusida "Kartani o‘chirish" bandiga kirish va profilga bog‘langan barcha faol kartalarni o‘chirish kerak. Amalni tasdiqlash uchun avval o‘rnatilgan PIN-kodni kiritish lozim. Bog‘langan barcha kartalar o‘chirilganidan keyin profil bekor qilinadi va avval o‘rnatilgan PIN-kod ham yo‘q qilinadi.
PIN-kod ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri kiritilganida, abonentning "U-to‘lov" to‘lov vositasidagi profili sozlamalarini o‘chirish opsiyasi taklif etiladi; undan so‘ng bank plastik kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lab, qaytadan profil ochish va PIN-kod o‘rnatish kerak bo‘ladi.