01.11.2019 gacha Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan qurilmalar avtomatik tarzda ro‘yxatga olingan.
01.11.2019 dan e’tiboran Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan yangi qurilmalarni mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim (01.12.2019 gacha bepul).
01.12.2019 dan Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan yangi qurilmalarni mustaqil tarzda, pulli asosda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.
O‘z qurilmangizning IMEI-kodini bilish - *#06#
Abonent qurilmasi IMEI-kodining holatini tekshirish usullari:
Tilni tanlang
Holatni tekshiring
IMEI kodini kiriting
IMEI-kodni 1170 raqamiga SMSda yuborish
Muhim!
1170 raqami orqali IMEIni faollashtirish kodi:
faqat abonent raqami faol holatida mavjud.
"M2M", "M2M Humo", "Terminal", "M2M Online 5000", "M2M Online 9000", Ovoz 15, Webkassa 13000 tarif rejalariga ulangan yangi abonentlar 30 kun ichida foydalana olmaydilar. 1170 raqamidan faollashtirish kodini olish uchun amaldagi tarifni boshqa tijoriy tarifga (М2М tariflar tizimi istasno) o‘zgartirish lozim. Qolgan barcha ochiq tijoriy tarif rejalarida IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
IMEI-kodni ro‘yxatdan o'tkazish
Yangi reglamentga muvofiq, 2024-yil 20-dekabrdan boshlab, chet eldan mamlakatga kelayotgan shaxslar mobil qurilmalarning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli bojxona postlarida (shu jumladan havo, piyoda, avtotransport va temiryo‘l postlarida) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishlari shart bo‘ladi. Bojxona qo‘mitasi bu haqda chegara postlarida tegishli e’lonlarni joylashtirdi.
Deklaratsiya rasmiylashtirilganidan so‘ng, u bojxona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazishda UzIMEI tizimi deklaratsiyaning mavjudligini tekshiradi va uni aynan shu fuqaroning chegarani kesib o‘tish ma’lumotlari bilan solishtiradi (tizim bojxona bazasi bilan integratsiyalashgan). Agar deklaratsiya tasdiqlansa, qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish samarali yakunlanadi.
Deklaratsiya qanday to‘ldiriladi:
• F.I.O. va pasport ma’lumotlaringizni ko‘rsating.
• Blankning orqa tomonida o‘zingiz ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan telefon rusumi va IMEI-kodini ko‘rsating.
Bilish muhim:
• 2 donagacha va narxi 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mobil qurilmalar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
• Agar qurilmalar narxi ko‘rsatilgan miqdordan yuqori bo‘lsa, bojxona keyin ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qoldiq qiymatni aniqlaydi.
Deklaratsiya rasmiylashtirilganidan so‘ng, u bojxona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazishda UzIMEI tizimi ma’lumotlarni tekshiradi va, agar deklaratsiya tasdiqlansa, qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish samarali yakunlanadi.
Chegara postida deklaratsiya to‘ldirilmagan bo‘lsa nima qilish kerak:
• Agar deklaratsiya to‘ldirilmagan bo‘lsa, qurilmani UzIMEI saytida ro‘yxatdan o‘tkazishga urinishda tegishli belgi aks etadi.
• Bu holatda davlat bojini (bojxona kirim orderi – BKO) hisob-kitob qilish uchun qurilma xususiyatlarini ko‘rsatgan holda customs.uz/uz/ sayti orqali ariza berish lozim. Boj to‘langanidan keyin BKO haqidagi ma’lumot UzIMEI tizimiga uzatiladi, va siz ro‘yxatdan o‘tkazishni yakunlashingiz mumkin.
Arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari:
• Standart muddat – 3 kun. Ammo talab yuqoriligi tufayli ayni damda arizalarni ko‘rib chiqish 5 kungacha vaqt olishi mumkin (10 000 tagacha so‘rov).
Jarayon yaxshilanishi kutilmoqda. Barcha savollar bo‘yicha 1108 raqami orqali Bojxona qo‘mitasining Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.