Agar SIM-kartangizni yo‘qotgan bo‘lsangiz, PIN-kodni unutgan bo‘lsangiz va telefonni blokdan chiqara olmasangiz yoki SIM-kartangizni almashtirmoqchi bo‘lsangiz, Ucell SIM-kartani almashtirish xizmatini taqdim etadi. Buning uchun Ucellning istalgan o‘z ofisiga shaxsan murojaat qilishingiz kerak.

Shuningdek, jismoniy shaxslar SIM-kartani Ucell mobil ilovasi orqali ham almashtirishlari mumkin. Almashtirishdan so‘ng telefon raqamingiz va Kompaniyaning ulangan barcha qo‘shimcha xizmatlari saqlanib qoladi.

 

Xizmat narxi QQS bilan - 25 000 so‘m.